O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

15-UMUMTA`LIM MAKTABI

Yangiliklar

Tantanali saflanish tadbiri

               2018 yil 25 may  kuni maktabda  tantanali saflanish tadbiri bo‘lib  o‘tdi. Tadbirda 20 nafar o‘qituvchi, 1-10-sinf o‘quvchilari, xalq  ta’limi   bo‘limi vakili J. Abilov,  Ingichka mahallasi raisi Sh. Quvondikov, diniy maslahatchisi A. To‘raev, mahalla xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.O’taganova, mahalla posboni B.Xonnazarov  faxriy  o‘qituvchilardan H.Botirov, R.Chorievlar va ota-onalardan 50 nafari ishtirok etishdi.

       Tadbirni maktabning ma’naviy, ma’rifiy va tarbiya ishlari buyicha direktor o’rinbosari B.Qo’ziev o’zining tabrik so‘zi bilan ochdi. Tabrikdan so‘ng o‘quvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etildi. Maktab direktori T.To’qsanov so‘zga chiqib, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni, tadbirda ishtirok etgan  mehmonlarni bayram bilan tabriklab, maktabda 2017-2018 o’quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi , jumladan 2018-2019 o’quv yilida boshlang’ich sinflarda 5 kunlik o’qish joriy etilgani haqida batafsil tushuncha berdi.